Sport tibbiyoti markazi

Адрес: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Olmazor ko'chasi, 6-uy Mo'ljal: Paxtakor metro bekati, Konservatoriya va metro bekatlari orasidagi bino

Телефон рақами: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Olmazor ko'chasi, 6-uy Mo'ljal: Paxtakor metro bekati, Konservatoriya va metro bekatlari orasidagi bino

Факс: +99871-241-88-44

Электрон манзил: +99871-241-88-44

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 fevraldagi "O'zbekiston sportchilarining 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada o'yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi to'g'risida" gi PQ-1923-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 3 iyuldagi PQ-1994 - sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2013 yil 15 avgustdagi hamda "O'zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2015 yil 1 maydagi qarorlariga muvofiq O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etilib, 1 may 2015 yildan o'z faoliyatini boshladi.

Sport tibbiyoti markazining asosiy faoliyati:

  • sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, sport turining xususiyatini, yo'l qo'yiladigan jismoniy yuklamani, sport patologiyasini davolash va oldini olishning ilg'or uslublarini, musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda sportchilarning tibbiy nazoratini hisobga olgan holda sportchilarning funksional ahvolini diagnostika va korreksiya qilish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • iqtidorli yosh va istiqbolli sportchilarni, ularning individual genetik va fenotipik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlashning zamonaviy tibbiy-biologik uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • sportchilarni sport turlari bo'yicha tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida dori vositalarining, ovqatlanish tartibi va ratsionining sportchilarning fiziologik holatiga ta'sirini tadqiq qilish;
  • antidoping nazoratining samarali tizimini, shuningdek, sportda farmakologik ta'sirga ega bo'lgan dori-darmon va boshqa vositalarning qo'llanilishini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • musobaqa va mashg'ulotlarni rejalashtirishni hisobga olgan holda sportchining individual sport jismoniy yuklamasini tekshirish va maqbullashtirish;
  • sportchi organizmining jismoniy tayyorgarligi o'sishiga va mas'uliyatli xalqaro musobaqalarga eng yuqori funksional tayyorgarligini ta'minlashga qaratilgan ular salomatligi darajasining muttasil o'sishini nazorat va korreksiya qilish;
  • sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik tayyorgarligini, shuningdek, zarur psixologik korreksiyani o'tkazishni ta'minlash;
  • sportchilarda sport jarohatlari, patologiyalari va sindromlarini, shu jumladan, Respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari davolash-diagnostika bazalaridan foydalangan holda, oldini olish, diagnostika qilish va davolash;
  • mamlakatda sport tibbiyoti va antidoping nazorat sohasidagi ilg'or metodika va texnologiyalarni almashish va joriy qilish uchun bu sohadagi yetakchi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish;
  • sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirishga ko'maklashish, ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya ishlari masalasida uslubiy yordam ko'rsatish.
MED-INFO 2018