ProfMedService

Адрес: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko'chasi, 119A

Телефон рақами: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko'chasi, 119A

Факс: +99871-212-10-28

Электрон манзил: info@pms.uz

«ProfMedService» tibbijot markazi — bu zamonaviy ko`p profilli davolash-profilaktika muassasasi, Toshkentning kattayu-kichik aholisi va poytaxtimiz mehmonlariga tibbiy yordam ko`rsatadi.

Markazda 20 dan ortiq shifokor va 30 dan ziyod tibbiyot mutahassislari faoliyat yuritadi, ularning 10 dan ortig`i ilmiy daraja va faxriy unvonga ega, deyarli 90% olij va birinchi kategoriya mutaxassislari sanaladi.

«ProfMedService» tibbiy hodimlari muttasil ravishda o`z malakasini oshirish bilan shug`ullanadi, jahonning yetakchi o`quv muassasalarida o`qishadi. Diagnostika va davolashning eng yangi uslublarini o`rganish va qo`llash bo`yicha doimiy ishlar olib boriladi.

Har yili «ProfMedService» tibbiyot markazida bemorlarga tashxis qo`yish, davolash va reabilitatsiya qilishning yangi uslublari joriy etiladi.

Bizning markazimiz turli kasalliklarni diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishga imkon beruvchi yagona kompleks tizim tamoyili asosida yaratilgan, bu bemorlarimizga birgina muassasa doirasida sog`liq bilan bog`liq barcha muammolarini hal etishga yordam beradi.

Biz davolash-diagnostika ishimizda mamlakatimizda ko`p yillik tajribadan o`tkazilgan eng samarali uslublar hamda jahon tibbiyot ilmining natijasi va havfsizligi isbotlangan so`nggi yutuqlari singari eksklyuziv tibbiy tehnologiyalardan foydalanamiz. Biz ularni o`z bemorlarimiz uchun taqdim etamiz.

MED-INFO 2018